Jamiyat

Dunyo mediagigantlariga serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishga oid talabnomalar yuborildi

Prilojeniye Facebook - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Qonunchilikka koʻra, oʻzbekistonliklarning shaxsiy maʼlumotlari Oʻzbekiston hududida joylashishi kerak. Aks holda, qator kompaniyalar jarimaga tortilishi mumkin.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Telegram, Facebook, TikTok, Google va Yandex kabi ijtimoiy tarmoqlar va internet-kompaniyalar 16 apreldan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakat ichida joylashgan serverlarda qayta ishlashga majbur. Bu “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 27−1-moddasida koʻzda tutilgan.
Ushbu qoidaning ijrosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi yigʻilishida oʻrganildi.
Yigʻilishda "Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi qonunning 20-moddasi hamda ushbu hujjatning 15 aprel kuni kuchga kirishi nazarda tutilgan 271-moddasi ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti tinglangan.
Xususan, shaxsga doir maʼlumotlarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan, Internet tarmogʻida ishlov berishda ularni jisman Oʻzbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda yigʻilishi va saqlanishini taʼminlash maqsadida xorijda faoliyat yuritayotgan Facebook Inc (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), Mail.ru (Vkontakte, Odnoklassniki), Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex (Yandeks.taksi, Yandeks.kartы, Yandeks.messenjer, Yandeks.dengi) kompaniyalariga qonunchilik talablarini bajarish haqida murojaat xatlari yuborilgan.
Shuning bilan birga, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan pd.gov.uz axborot tizimi orqali shaxsga doir maʼlumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operatorlarini shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.
Deputat Shuhrat Sharafutdinov qonunchilikka bunday normalarning kiritilishi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini taʼminlashdan iborat ekanini aytib, bu huquq Konstitutsiyaning 13- va 27-moddalari bilan mustahkamlab qoʻyilganini qayd etgan.
A man types on a computer keyboard  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakatda saqlash majburiy boʻladi
Deputatlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda mazkur ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli kiberhujumlar uyushtirib kelinmoqda. Natijada Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari ham oʻgʻirlangan.
Qonun normasi kuchga kirganiga 1 oy boʻlgan boʻlsada vakolatli davlat organi tomonidan mazkur soha boʻyicha koʻzga koʻrinadigan natijalarga erishilmaganligi deputatlarning jiddiy eʼtiroziga sabab boʻldi, deyiladi Oliy Majlis quyi palatasining xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala