Siyosat

Kamilov Tojikistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi

© Press-slujba MID RUzAbdulaziz Kamilov prinyal novogo posla Tadjikistana Abdudjabbora Raxmonzoda.
Abdulaziz Kamilov prinyal novogo posla Tadjikistana Abdudjabbora Raxmonzoda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Oʻzbekiston TIV rahbari ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini Oʻzbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikistonning mamlakatda yangi elchisi etib tayinlangan Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Kamilov ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini Oʻzbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda ushbu yuqori va masʼuliyatli lavozimda muvafaqqiyatlar tiladi.
Abdudjabbor Raxmonzoda. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2021
Siyosat
Tojikistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Uchrashuv chogʻida ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sababli bugun kunda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yoʻnalishlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi.
shuningdek, tomonlar oliy va yuqori darajada boʻlib oʻtadigan tadbirlar jadvalini koʻrib chiqdi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha fikr almashdi.
Eslatib oʻtamiz, Abdujabbor Rahmonzoda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning 4 maydagi farmoni bilan mamlakatning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala