Mirziyoyev: milliy o‘zlikni ulug‘lash bilan birga, axborot texnologiyalarini chuqur egallash lozim

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning aytishicha, shiddatli zamon barcha jabhalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham O‘zbekiston oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat mo‘min-musulmonlari va butun O‘zbekiston xalqini ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan samimiy tabrikladi.
"Alloh taoloning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda sizlarni yana bir bor azizu mukarram Iyd ul-Fitr bilan chin dildan tabriklayman. Dunyoning uzoq-yaqin mamlakatlari musulmonlarini ham samimiy qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor bo‘lishiga tilakdoshman. Mehnatkash va oqko‘ngil xalqimizning mo‘’tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin!", - deyiladi prezident tabrigida.
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar fuqaroni afv etdi
Mirziyoyev milliy urf-odat va an’analariga sodiq, mehnatkash, va saxovatli O‘zbekiston xalqi yuksak fazilatlarni yaqqol namoyon etib, muqaddas Ramazon oyini tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida o‘tkazgani hamda ushbu e’zozli ayyomni katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgani unga alohida fayzu shukuh bag‘ishlayotganini qayd etib o‘tgan.
Prezident shuningdek, keng ko‘lamli islohot va tub o‘zgarishlar natijasida yangilanib borayotgan mamlakatda xalq bilan muloqot, inson huquq va manfaatlarini, jumladan, vijdon erkinligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada ulkan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytgan.
Xalqning boy va qadimiy diniy-ma’naviy merosini tiklash va faol targ‘ib etish, buyuk ajdodlar tabarruk qadamjolarini obod qilish bo‘yicha olib borilayotgan salmoqli ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Budut rekonstruirovat mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida – kalom ilmining atoqli namoyandasi Abu Muin Nasafiy, Namangan viloyatida – tasavvuf ta’limotining yirik vakili Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida Suzuk ota yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ko‘plab masjidlar, madrasa va diniy obidalar qayta qurilmoqda va ta’mirlanmoqda, poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom ettirilmoqda.
Muborak Ramazon oyida – buyuk muhaddis Imom Buxoriyning Samarqand viloyatidagi yodgorlik majmuasini ul zotning musulmon olamidagi beqiyos obro‘-e’tibori va nufuziga munosib holda barpo etishga kirishilgani, milliy tarixda birinchi marta ko‘p jildli “Islom” ensiklopediyasi nashr etila boshlanganini qo‘shimcha qildi.
Mirziyoyevning aytishicha, shiddatli zamon barcha jabhalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham O‘zbekiston oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2017
Mirziyoyev islom dini yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
Ayniqsa, dunyo miqyosida raqobat tobora keskin va shafqatsiz tus olayotgani, barqarorlikka nisbatan tahdidlar jiddiy tus olayotgani bizni doimo hushor va ogoh bo‘lib yashashga, farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdek g‘oyat mas’uliyatli ishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat berishga da’vat etmoqda.
Zero, islom dini – avvalo, tinchlik va do‘stlik, ahillik va birdamlik, bilim va ma’rifat dinidir. Mana shu oliy haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim.
"Bugungi osuda hayotimizning qadriga yetish, jamiyatimizda hukm surayotgan turli millatlar va elatlar, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni, fuqarolar orasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash barchamizning asosiy burchimizdir. Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, degan so‘zlari bugun ham dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, diniy qadriyatlarimizni, milliy o‘zligimizni ulug‘lab yashash bilan birga, davr talabi bo‘lgan zamonaviy ilm-fan yutuqlari, axborot texnologiyalarini egallashga alohida e’tibor qaratishimiz, yosh avlodimizni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz kerak", - dedi Mirziyoyev.
Prezident ulamolar, imom-xatiblar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, muhtaram nuroniylar – keng jamoatchilik yaqin hamkorlikda bu borada yanada faol va samarali ish olib borishlariga ishonch bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0