Migratsiya

Moskva IIV Migratsiya bosh boshqarmasi muhim murojaat bilan chiqdi

© Sputnik / Denis Grishkin / Fotobankka oʻtishPosetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Rossiya IIV Moskva migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi migrantlarga muhim murojaat bilan chiqdi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Rossiya IIV Moskva migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakat hududida migrantlarning huquqiy maqomini tartibga solish boʻyicha ish olib bormoqda.
Mazkur qaror 2021 yil 15 iyungacha amal qilishi tufayli 1 maydan to hozirgi kungacha Moskvada ishlash maqsadida patent olish uchun arizalar bilan kelgan xorijiy fuqarolarning oqimi 2 baravarga oshdi. Migrantlar asosan soat 8-00 dan 12-00 gacha migratsiya markaziga kelishi kuzatilmoqda.
Moskva shahrining "Koʻp tarmoqli migratsiya markazi" har kuni, dam olish va taʼtil kunlarisiz, soat 8-00dan 20-00 gacha patentlarni rasmiylashtirish uchun arizalarni qabul qiladi, deb xabar qildi Moskva IIBB.
Chet el fuqarolari toʻplanib qolmasligi va nizoli vaziyatlarning oldini olish maqsadida Moskva “Koʻp tarmoqli migratsiya markazi"da xorijiy fuqarolarni qabul qilish oynalari soni koʻpaytirilib, ish vaqti soat 7-30dan 20-00 gacha uzaytirildi.
Xorijiy fuqarolarga murojaat qilgan kunida, shu jumladan ish vaqti tugagandan soʻng oxirgi mijozga qadar xizmatlar koʻrsatiladi.
IIBB navbatlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha choralar buzilmasligi uchun butun ish kuni davomida patent olish uchun hujjatlar bilan murojaat qilish tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala