Dunyoda

NYT: AQShning xorijdagi ayrim vakillarida miya shikastlanishi aniqlandi

© Depositphotos / Sudok1MRT-snimok golovnogo mozga
MRT-snimok golovnogo mozga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Xabarga koʻra, xuddi shu singari hodisalar besh yilcha oldin tarqala boshlagan.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Chet elda faoliyat yuritgan 130dan ortiq amerikalik diplomatlar va harbiylar miya shikastlanishi bilan bogʻliq boʻlgan sirli muammolarga duch kelishdi, deb xabar bermoqda New York Times nashri sobiq hamda hozirda xizmatda boʻlgan rasmiy shaxslarga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, dastavval Xitoy va Kubada 60ta holatda xuddi shunday muammolarga duch kelingani aniqlangan. Endilikda Yevropa va Osiyo davlatlaridagi diplomatlarda xuddi shunday shikastlanishlar qayd etilgan.
Mamlakat ichida qayd etilgan holatlar, manbalarning taʼkidiga koʻra, jabrdiydalar bilan chet elda yuz bergan holatning asorati boʻlishi ehtimolga ancha yaqin.
Amerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSH Ukrainaga yangi qurol beradi
Nashr maʼlumotiga koʻra, odamlardagi miya shikastlanishi darajasi bosh ogʻrigʻidan tortib, suitsid haqidagi oʻy-xayollar oʻrtasida tebranib turadi.
Xabarga koʻra, xuddi shu singari hodisalar besh yilcha oldin tarqala boshlagan.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati ushbu holatlar sabablarini tekshirish uchun mudofaa vazirligi ishtirokini kuchaytirishga harakat qilgan.
Ammo, New York Times xabariga koʻra, maʼmuriyat xodimlari salomatlik haqidagi maʼlumotlar federal muhofazasi tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan, bu idora kerakli maʼlumotlarni cheklab qoʻygan.
Ilgariroq CNN telekanali oʻz manbalariga tayangan holda AQSH hukumati mamlakat ichida yuz bergan ikkita hodisa boʻyicha oʻrganish olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Ushbu hodisalar chet elda amerika xodimlariga qarshi "yoʻnaltirilgan energiya" texnologiyasini qoʻllaganlik hujumlariga oʻxshash.
Xuddi shunday hujumlardan biri AQSH hududida taxminan 2020 yilning noyabr oyida Oq uy yaqinida yuz bergan. Boshqa bir holat 2019 yilda - oʻshanda Oq uy xodimasi Vashington bilan chegaradosh boʻlgan Virjiniya shtatidagi tumanlardan birida iti bilan sayr qilib yurganida xuddi shunday hujumga uchragan.
Muzey MVD - izʼyatoye orujiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Video
Eng shov-shuvli jinoyatlarga oid boʻlgan qurol-aslaha va buyumlar – IIBB muzeyidan lavha
Manbalarning taʼkidiga koʻra, ushbu AQSH hududidagi holatlar chet elda yuz bergan hodisalarga bogʻliqligi hali aniqlanmagan. Surishtiruvga aloqasi boʻlganlarning taxminlariga koʻra, ushbu hujumlar ortida Rossiya turgan boʻlishi mumkin, ammo bu haqda hali maʼlumot yoʻqligi tufayli biron gap aytib boʻlmaydi.
Gumondor davlatlar qatoriga Xitoy ham kiritilgan.
AQSH Davlat departamenti ushbu sindromga aynan nima sabab boʻlganligi toʻgʻrisida aniq bir xulosaga kelmagan. Vaqti-vaqti bilan AQSH matbuotida Rossiyani "akustik hujumlar" ni uyushtirishda ayblashlar boʻlgan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni "mutlaqo bemaʼnilik va gʻalati talqinlar" deya atab keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala