O‘zbekistonga yana bir Xitoy vaksinasi olib kelinishi mumkin

© Sputnik / Magda Gibelli / Mediabankka o‘tishPreparat kitayskoy kompanii Sinopharm ("Sinofarm") ot COVID-19
Preparat kitayskoy kompanii Sinopharm (Sinofarm) ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati COVID-19ga qarshi yana bir kaksinani olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston COVID-19ga qarshi yana bir - Sinopharm Xitoy vaksinasini olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov bu haqda onlayn brifingda aytdi.
O‘zbekiston hukumati bu vaksinaga COVAX dasturi orqali buyurtma berishi mumkin.
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Bu aniq “Sputnik V”mi?: Rossiya vaksinasi Toshkentda emlanuvchilarni hayratda qoldirdi
Atabekovning so‘zlariga ko‘ra, may oyi boshida BSST Sinopharm favqulodda vaziyatda foydalanish uchun ma’qulladi - bu qaror emlash kampaniyasini susaytirmaslik uchun respublika buyurtma berishi mumkin bo‘lgan vaksinalar ro‘yxatini kengaytiradi.
Avvalroq, COVAX dasturi doirasida 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasi O‘zbekistonga yetkazib berilgandi. Ikkinchi partiya iyun oyida kutilmoqda.
Shuningdek, aprel oxirida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan O‘zbekistonga olib kelingandi.
Yangiliklar lentasi
0