Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan qutladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii
Prazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari musulmonlar mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgani hamda xayriya, ta’lim va ma’rifiy tashabbuslarga e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Tabrik Kreml saytida chop qilingan.
“Rossiyada islom izdoshlari ota-bobolarining ko‘p asrli tarixiy, diniy, madaniy an’analariga buyuk ehtirom bilan qarashadi, ularni avaylab avloddan-avlodga berib kelishmoqda”, - deyiladi Rossiya yetakchisi tabrigida.
Putin musulmonlar mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgani, davlat va jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlayotgani hamda xayriya, ta’lim va ma’rifiy tashabbuslarga e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.
Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Moskva masjidlarida bu yilgi hayit namozi ommaviy bo‘lmaydi
Shuningdek, u odamlarga qiyinchilikni yengishga yordam berayotgan musulmon tashkilotlarining fidokorona faoliyatini alohida qayd etgan.
Bu yil dunyo mo‘min-musulmonlari ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayitini 13-may kuni nishonlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0