Sport

Ramzan Qodirov Habibga “Axmat” klubi vakili bilan jang qilishni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovning "Axmat" klubida jang uchun har qanday gonorarni berishga tayyor ekanligini aytdi.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga “Axmat” klubi vakili bilan jang uchun har qanday gonorar toʻlashga tayyor ekanligini aytdi.
Ramzan Qodirovning soʻzlariga koʻra, Habib Nurmagomedov UFC proyekti boʻlgan.
“Habib – juda yaxshi sportchi, ammo UFC loyihasi. Nurmagomedov - loyiha, chunki u promoushn rahbari Dana Uayt bilan yaxshi munosabatda. U yerda yaxshi janglar boʻladi. Eʼtibor bering, agar kimdir janglarni oʻtkazib yuborsa, ular reytingdan olib tashlanadi, Habibga esa hech qachon tegishmagan”, - deydi Qodirov Instagram sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda.
Qodirov “nima uchun Habib Rossiya Federatsiyasi yoki Dogʻiston bayrogʻi bilan janglarga chiqmaydi?”, - deb savol beradi.
Murojaat davomida Checheniston rahbari Habibga “Axmat” klubi vakiliga qarshi jang qilishni taklif qildi.
"Men “Axmat”da har qanday vaznni (har qanday vazn toifasidagi jangchi - Sputnik) qoʻyishga tayyorman va agar Habib “Axmat”da chiqish qilsa, men har qanday gonorarni berishga tayyorman. Agar u “Axmat”da jamoadoshimiz bilan jang qilsa, UFCga qaraganda koʻproq pul toʻlashga tayyorman. Kim gʻolib boʻlishini koʻramiz! Eng kuchli gʻolib boʻlsin!" - deya xulosa qildi Checheniston rahbari.
Habib Nurmagomedov soʻnggi jangini 2020 yil oktyabrida oʻtkazdi. Unda u amerikalik Jasti Getji ustidan 29-gʻalabani qoʻlga kiritdi. Habib barcha janglarda gʻalaba qozongan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala