Hodisalar

Sirdaryoda YHXB xodimlariga tuhmat qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Mast haydovchi ikki nafar YHXB xodimlari uni urganligini iddao qilgan. Biroq bu tuhmatligi aniqlangan va u jazolangan.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ikki nafar YHXB xodimlariga tuhmat qilgan fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, 12 aprel kuni fuqaro K.D. Sayxunobod tumani hududida “N” va “S” ismli YHXB xodimlari urganligi holati yuzasidan Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼullari xizmat tekshiruvi oʻtkazgan.
Aniqlanishicha, viloyat IIB YHXB katta inspektori katta serjant B.N. hamda IIB PPX va JTSB inspektori safdor X.Y. 11 aprel kunidan 12 aprel kuniga qadar "Sayxun" blok postiga sutkalik xizmatga jalb etilgan. Ular xizmat davomida "VAZ-2106" haydovchisi K.D.ni toʻxtatib, uning hujjatlarini koʻzdan kechirishgan. Haydovchidan spirtli ichimlik hidi anqib turganligi sababli u tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Zaklyuchennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Jamiyat
Prezidentni Internetda haqoratlagan yoki unga tuhmat qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin
Sirdaryo viloyati narkologiya dispanserining maʼlumotnomasiga koʻra, haydovchi K.D. “alkogol mastlik holati”da ekanligi koʻrsatilgan.
Shundan soʻng haydovchi K.D.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, uning "VAZ-2106" avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Tasdiqlangan xizmat tekshiruvi xulosasi yakuniga koʻra, toʻplangan hujjatlarda fuqaro K.D.ning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 40-moddasida (Tuhmat) koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan. Shu sabab ish sudga oshirilgan.
Jinoyat ishlar boʻyicha Sayxunobod tuman sudi huquqbuzar K.D.ni YHXB xodimlariga tuhmat qilishda aybdor deb topgan. Unga BHMning 3 (uch) barobari miqdorida, yaʼni 735 000 soʻm jarima jazosi tayinlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala