Iqtisod

Umurzakov JST bosh direktori bilan tashkilotga qoʻshilish yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi

© Press-slujba MIVT Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov

Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Ngozi Okonjo – Iveala respublikaning Tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonini faollashtirishga doir amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishning surʼati va sifatiga yuqori baho berdi.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo – Iveala bilan onlayn muzokaralar oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi jarayonining bugungi holati, shuningdek, respublikaning ushbu Tashkilotga qoʻshilishi doirasida muzokaralarni yanada faollashtirish boʻyicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhining bu yilgi navbatdagi, 5-yigʻilishini oʻtkaziladi.
N. Okonjo – Iveala Tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonga har tomonlama yordam koʻrsatishga va mushtarak masalalarni tezda hal qilish maqsadida bu yoʻnalishda birgalikda ish olib borishni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.
“Muzokaralar yakunida JST Kotibiyati bilan muntazam aloqalarni davom ettirish va Ishchi guruhning 5-yigʻilishini sifatli tashkil etish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda aʼzo davlatlar bilan muzokaralar olib borish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida uning texnik yordamini jalb etishga kelishildi”, - deyilgan xabarda.
2017 yil noyabr oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chogʻida mamlakat JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlab yuborganini taʼkidlagan edi. 2019 yil iyulda Oʻzbekiston tomoni mamlakatning tashkilotga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini koʻrib chiqish uchun JSTga tashqi savdo toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni bergan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining maʼlumoti boʻyicha, Oʻzbekiston JSTga qoʻshilishida iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakat sifatida maʼlum bir imtiyozlarga ega boʻlishni moʻljallamoqda.
Logotip VTO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2020
Iqtisod
Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Aprel oxirida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzoladi.
YEOII va JST - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2020
Infografika
YEOIImi yoki JST - soʻrov natijasi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala