Buxoro viloyatida yana bir tarixiy yodgorlik aniqlandi

© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Obuna bo‘lish
Ayni damda kutubxona joylashgan qadimiy masjid binosi ustunida fors tilidagi yozuv aniqlandi va mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yangi madaniy meros obyekti aniqlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro madaniy meros boshqarmasi.
Qorako‘l tumanidagi “Sho‘rabot” MFYdagi qadimiy mahalla masjid binosi ichidagi ustunda o‘yib yozilgan tarixiy yozuv, mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi:
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Fors tilida “In masjidro bino kard Ro‘ziboy ibn G‘aybulloboy 1304” ya’ni, “Bu masjid G‘aybulloboy o‘g‘li Ro‘ziboy tomonidan hijriy 1304-yilda qurdirilgan” degan so‘zlar yozilgan.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Ushbu masjid darhaqiqat 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan. Masjid yog‘och konstruksiyali bo‘lib, kvadrat shaklli bir ustunli, o‘ymakori to‘sin va vassa yopilgan. Ustun, to‘sin va “bog‘dodi” eshiklari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi shaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning o‘rnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Hozirgi kunda ushbu masjidda qishloq kutubxonasi (Qorako‘l tumani kutubxonasi filiali) joylashgan.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanligini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0