AQSh va Chexiya nima sababdan nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVid na Dom Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii
Vid na Dom Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga hozircha faqat ikki davlat - AQSh va Chexiya kiritilgan. Ushbu davlatlarga nisbatan yagona cheklov kiritlgan.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining Xalqaro ishlar qo‘mitasi vakili Yelena Panina AQSh va Chexiyu nima sababdan Rossiyaga nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilganini tushintirib berdi.
Deputat aytishiga ko‘ra, ushbu davlatlar nafaqat o‘zlarining Rossiyaga qarshi pozitsiyasi, balkim Rossiyaga qarshi takrorlanib kelayotgan muayan harakatlari tufayli ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
"Ushbu ro‘yxatga faqat ikkita davlat kiritilganining o‘zi ham bizning davlatimiz ushbu cheklov vositasidan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganidan darak beradi", - dedi Panina.
Chexiya ushbu ro‘yxatga kiritilishiga sabab, ushbu davlat tomonidan hech qanday Rossiyaga qarshi qator ig‘vo va mojarolar uyushtirilishi sabab bo‘lgan. Chexiya asossiz ravishda Rossiya maxsus xizmatlarini amaldorlarni zaharlash va qurol-yarog‘ omborida portlashlar uyushtirishda ayblagan va diplomatlarni chiqarib yuborgan edi.
AQShning Rossiyaga qarshi uzoq yillardan beri olib borayotgan faoliyati hech kimga sir emas. "Ko‘p yillik sanksiyalar urushi, agressiv bosim o‘tkazish siyosati oqibatida AQSh "hamkor" degan ibora mutlaq ma’nosini yo‘qotdi", - dedi deputat.
Shu bilan birga, ushbu ro‘yxatga kiritish Rosssiya AQSh va Chexiya bilan global xavfsizlik borasida dialog olib borishdan bosh tortdi degani emas.
"Sovet Ittifoqi AQSh bilan ushbu mavzularga muzokaralar olib bora olgan bo‘lsa, biz ham, agar amerikaliklar shuni istasa, bunga tayyormiz", - dedi Panina.
Rossiya Hukumati 14-may kuni "Nodo‘st mamlakatlar ro‘yxati" haqidagi qarorni imzoladi. ushbu ro‘yxatga hozircha faqat ikki davlat kiritilgan - AQSh va Chexiya. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan davlatlarning Rossiyadagi vakolatxonalariga faqat bir cheklov qo‘yilgan: ular Rossiya va xorijiy jismoniy shaxslarni yollash huquqidan mahrum qilingan.
Yangiliklar lentasi
0