Erdo‘g‘on va Putin Falastinga qanday yordam berishi mumkin?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putinni Quddus atrofida avj olayotgan qonli mojaroni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Turkiya yetakchisi ushbu hududga tinch fuqarolarni himoya qilish uchun nafaqat BMT balkim birgalikda xalqaro xavfsizlik qo‘shinlarini yuborishni taklif qildi.

Tarixiy asoslar

Turkiya – Usmoniylar imperiyasi vorisi, 100-yil oldin nafaqat Quddusga balkim butun Falastinga xo‘jayinlik qilgan. Rossiya bo‘lsa – Isroilda xristianlarni himoya qilgan Rossiya imperiyasi va arablarga Falastin davlatini tuzishda yordam bergan Sovet Ittifoqi vorisidir.
Suriyada bir necha yil davom etib kelayotgan tinchlik operatsiyalari davomida Rossiya va Turkiya raqobat qilib, tortishib va oxiri o‘zaro kelishuvga erishib – Yaqin Sharqdagi eng faol davlatlarga aylandi.
Lekin, Quddus va Isroil-Falastin muammosini hal qilish ularing qo‘lidan keladimi? Axir bu muammo “hal qilib bo‘lmaydigan” hisoblanadi-ku? Uni aslida kim bilan muhokama qilish kerak?
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
Gap faqat arablar va yahudiylar orasida yoki uch din uchun ham muqaddas bo‘lgan Quddus haqida bo‘lsa boshqa gap edi. Lekin bugungi Quddus – barcha global qarama-qarshiliklar tutashgan nuqtaga aylangan-ku.
Isroil davlati bugun tobora tanazzulga yuz tutib borayotgan G‘arb sivilizatsiyasi, g‘arbiy dunyo tartibi davrida tashkil topgan edi. Ushbu davlat paydo bo‘lishi bilanoq – arab-isroil mojarosi payod bo‘ldi.
Tarqalib ketgan usmoniylar imperiyasidan Falastinni ajratib olgan Britaniya, ushbu hududga yahudiylar immigratsiyasini yo‘lga qo‘ydi. Yahudiylar esa bundan 2 ming yil oldin yo‘qotgan yerlariga qaytishni istardi, lekin ular u yerda yashayotgan arablar bilan qanday til topishi – hech kimni qiziqtirmasdi.

Yetmish yillik mojaro

Ikkinchi jahon urushi yillarida Yevropada yahudiy millati mutlaq qirg‘inga uchraganidan so‘ng, Falastin hududida Isroil va Falastin davlatlari tashkil qilish SSSR va G‘arb uchun o‘zaro kelishuvga aylandi. Lekin shu zahotiyoq boshlangan urush tufayli Falastin davlati to‘liq barpo etila olmadi.
1967 yildan so‘ng Isroil esa tarkibiga eski shahar kiruvchi Sharqiy Quddusni ham egallab oldi va vaziyat yanada yomonlashdi.
Aslida BMT qaroriga asosan Quddus – alohida ma’muriy boshqaruv hududiga (Vatinkanga o‘xshash) aylanishi kerak edi. Lekin endigina yaratilgan Isroil bosqinchilik siyosatini boshlab yubordi va ushbu siyosat bugunga qadar to‘xtovsiz davom etib kelmoqda.
Isroil Quddusni jismonan egallab olganidan so‘ng masala hal bo‘ladi deb o‘ylagan edi, lekin uzoq yillar davomida ushbu shaharni hech bir davlat Isroilga tegishli ekanini tan olmadi. Faqatgina 2019-yilda AQSh uni tan oldi. Lekin Tramp rejasi nafaqat arab dunyosi, balkim butun dunyo tomonidan rad etildi. Hech kim uni qo‘llab-quvvatlamadi.

Yangi olov

Bugun Isroil va Falastin orasida sodir bo‘layotgan qonli to‘qnashuvlar ham aynan ana shu siyosatning oqibatidir. Isroil sudi sharqiy Quddusdan bir necha arab oilalarni chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu esa arablarning norozilik namoyishiga chiqishiga va politsiya bilan to‘qnashuvlariga olib keldi.
Ustiga ustak Isroil Qurbon hayit kuni G‘azo sektori aholisiga al-Aqso masjidiga kelishni ta’qiqlab qo‘ydi. Shaharga minglab harbiylar kiritldi.
Shundan so‘ng Muqaddas masjid joylashgan hududda yong‘in sodir bo‘ldi. Musulmonlar orasida Isroil musulmon masjidini buzib tashlab o‘rniga o‘zlarning “uchinchi ibodatxonasini” qurishi haqidaga gaplar tarqaldi.
Pojarnie tushat gorashie mnogokvartirnie doma posle izrailskix aviaudarov v gorode Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Isroil G‘azo sektorida xalqaro OAVlar joylashgan binoni yo‘q qildi
Bunday harakatlar oqibatida butun islom dunyosi junbushga keldi. Jangovar kuchlar Isroilni G‘azo sektoridan turib o‘qqa tuta boshladi. Isroil armiyasi ham ularga javoban bombardimon qildi. Oqibatda yuzdan ortiq kishilar qurbon bo‘ldi.
Isroilning aholisi aralash bo‘lgan shaharlarda arab millati vakillari bilan to‘qnashuvlar boshlandi. Bularning barchasi Falastin aholisining ommaviy qo‘zg‘oloniga olib kelishi mumkin.

Ichki va tashqi motivlar

Ushbu voqealarning sababi nima deganda, albatta, birinchi navbatda Isroilning ichki muammolarni sanab o‘tish mumkin. Netanyaxuga yaqinlashib parlament saylovlarda o‘z partiyasi g‘olib chiqishi uchun “kichik g‘alabali urush” kerak bo‘lishi mumkin. Yo bo‘lmasa Isroil nima qilib bo‘lsada Eronni ushbu mojaroga jalb qilishni va oqibatda AQSh tomonidan uning yadroviy dasturini butunlay yo‘qqa chiqarishini rejalashtirgan bo‘lishi ham mumkin.
Lekin ushbu muammoning o‘nlab yillardan beri hal qilinmagan, fundamental asoslari ham bor. Bu - Falastin davlatining haligacha tuzilmagani va Isroilning Quddus ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish istagidir.
Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2018
Arab davlatlari ligasi Quddus bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi
Ushbu ikki masala hal bo‘lmas ekan – hech narsa o‘zgarmaydi. Kichik urushlar vaqti-vaqti bilan paydo bo‘laveradi va oxir oqibat ulardan biri katta urushga aylanib ketadi. Bu nafaqat hududiy balkim global urushga ham aylanib ketishi mumkin. Axir Quddus – bu insoniyatning porox bochkasi.
Bu degani muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi deb kutib o‘tirish kerak emas degani. Har safar muammoni ortga surib qo‘yaverish – vaziyatni faqat og‘irlashtiradi. Ushbu muammoni hal qilish dunyo yetakchi davlatlarning o‘zaro kelisha bilish imkonini namoyish qilgan bo‘lardi. Hech bo‘lmasa umuminsoniy mojaroning oldini olish uchun.

Halokatli yo‘l

Ma’lumki, Isroil Yaqin Sharqda AQShning sho‘’basiga aylangan davlatidir. Amerikada yetishib chiqqan globalistlar – Isroilni himoya qilishni o‘zlarining birinchi sonli vazifasi deb biladi.
AQShga mutlaq ishongan Isroil esa, falastinliklarga ularni kamsituvchi, qabul qilib bo‘lmaydigan takliflar qilmoqda. Ular Falastinni Isroilga tobe davlat shaklida tashkil qilish va Quddusdan voz kechishni talab qilishmoqda. Vaholanki falastinliklar ham islom dunyosi ham hech qachon bunday shartlarga rozi bo‘lmaydi.
O‘z kuchiga emas Amerikaga ishongan Isroil esa, o‘zi uchun strategik halokatli yo‘lni tanlagan. To‘g‘ri yo‘ldan borish o‘rniga, aylanma yo‘llar axtarishga, arab davlatlari bilan alohida-alohida tinchlik shartnomalari tuzishga urinmoqda.

Bir kun kelib Amerikaning kuchi kamayib qolsa nima bo‘ladi? Nafaqat Yaqin Sharqda balkim global miqyosda? Arab dunyosi tashqi ta’sir va krizislardan qutilsa, G‘azo sektori aholisi ommaviy qo‘zg‘olonga ko‘tarilsa - nima bo‘ladi?

Hozircha Isroil ushbu savollarga javob berishni istamaydi. Isroil rahbarlari kuch har doim ular tomonidan bo‘lishiga ishonmoqda. Lekin dunyo o‘zgarmoqda. Atlantik va anglosakslar yetakchiligi o‘tmishga aylanmoqda.
Agar Isroil kelajakda o‘zini asrab qolishni istasa, u G‘arb loyihasidan normal davlatga aylanishi kerak. Falastin va arablar bilan tinch-totuv kun ko‘rishni o‘rganishi kerak. Uning bundan boshqa yo‘li yo‘q.
Xram Groba Gospodnya v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2017
BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi
Falastin masalasini ortga surish – kelajakda musulmonlar tomonidan uni hal qilish uchun to‘kiladigan qonni ko‘paytradi xolos. Bunga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Istroilning asosiy muammosi Tel-Aviv aytayotganidek Eron emas, balkim bir yarim milliardlik islom dunyosidir. Ular hech qachon Quddusdan voz kechmaydi. Katoliklar va pravoslalar ham ushbu muqaddas shahar taqdiriga befarq emas.

Muammo yechimi 1947-yilda yozib qo‘yilgan

Aslida ushbu qonli va boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muammoning yechimi – voqea boshlangan vaqtida, ya’ni 1947-yilning 29-noyabrida imzolangan Falastnni ikki davlatga bo‘lish haqidagi BMTning 181 sonli rezolyutsiyasida yozib qo‘yilgan.
U yerda Quddus - xalqaro hamjamiyat nazorati ostidagi, alohida ma’muriy tartibga amal qiladigan, BMT boshqaruvi ostida bo‘lgan maxsus hududga aylanishi aniq ko‘rsatilgan. Ehtimol ushbu eski g‘oyani hayotga qaytarish nafrat va zo‘ravonlikka barham berar.
Axir bu nafaqat Quddusning aholisi balkim barcha sivilizatsiyalar manfaatlariga javob beradi. Ham musulmonlar, ham nasroniylar va butun dunyo. Axir yangi Armageddon boshlansa u buddistlarni ham ateistlarni ham ayab o‘tirmaydi.
Yahudiylar uchun eng muhimi – bu Isroil davlatini saqlab qolishning yagona yo‘li bo‘ladi. Buni Tel-Aviv hozircha tushunishni va tan olishni istamasa ham.
Erdo‘g‘onning Putinga taklifini hozircha amalga oshirib bo‘lmaydi, lekin qisqa vaqt ichida umumjahon hamjamiyati, Rossiyaning faol ishtiirokida, ushbu muammoni hal qilishga kirishishi kerak. Aks holda kech bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0