Dunyoda

Isroil Gʻazo sektorida xalqaro OAVlar joylashgan binoni yoʻq qildi

© AFP 2018 / Mohammed AbedPojarnыe tushat goryaщiye mnogokvartirnыe doma posle izrailskix aviaudarov v gorode Gaza
Pojarnыe tushat goryaщiye mnogokvartirnыe doma posle izrailskix aviaudarov v gorode Gaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2021
Bir necha soat oldin, Falastin islomiy harakati XAMAS Tel-Avivga raketa zarbasi berganini xabar qilgan edi.
TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Isroil Havo harbiy kuchlari Gʻazo sektorida joylashgan "al-Jala" koʻp qavatli binosini yoʻq qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ushbu binoda xalqaro OAVlar ofislari joylashgan edi. Jumladan Associated Press va Al-Jazeera. Zarba berilishidan bir kecha daqiqa oldin ushbu nashrlar redaktsiyalariga ogohlantirish xati kelgan va u yerda ishlaydigan xodimlar zudlik bilan binoni tark etishgan, - deyilgan xabarda.
Lekin ushbu binoda ikkita podʼyezd boʻlib ularning birida aholi xonadonlari joylashgan boʻlgan.
Bir necha soat oldin, Falastin islomiy harakati XAMAS Tel-Avivga raketa zarbasi berganini xabar qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Isroil-Falastin munosabatlari 10 may kuni keskinlashgan edi. Isroil politsiyasi Sharqiy Quddusdagi Shayx Jarroh kvartalida bir necha falastinlik oilalarni koʻchishga majbur qilganidan soʻng boshlangan edi.
Mojaro Isroil Gʻazo sektori aholisiga Ramazon hayiti kuni Al-Aqso masjidiga kelishni taʼqiqlab qoʻyganidan soʻng yanada keskin tus oldi. Shahar koʻchlalarida minglar odamlar norozilik namoyishiga chiqishdi va ikki tomodan agressiv kayfiyatda boʻlgan yoshlar orasida toʻqnashuvlar sodir boʻldi.
Navbatdagi bobosqichda XAMAS Isroilni raketa va snaryadlar bilan oʻqqa tutdi. Buning oqibatida 7 kishi qurbon boʻlgan 200ga yaqin odam jarohatlangan. Bunga javoban Isroil Gʻazo sektoriga zaba berib bir necha koʻp qavatli binolarni yoʻq qilib tashladi. Isroil zarbasi oqibatida 100dan ortiq odam qurbon boʻlgani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala