Yo‘l qoidasini buzgan piyodalar haydovchilarga "ishonishini" ma’lum qilishdi

CC0 / pixabay / Mujchina za rulem
Mujchina za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Obuna bo‘lish
Yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar ularni ko‘rib turgani va baxtsiz hodisaning oldini olishga imkoni borligini ma’lum qilishgan. Qiziq, haydovchilar bundan xabardormikan?
TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Piyodalar harakatixavfsizligi oyi" doirasida, yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar baxtsiz hodisa oldini olishiga "ishonishini" ma’lum qilishdi, deb xabar qilmoqda IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati.
"Aksariyat holatlarda joylarda muloqot qilingan qoidabuzarlar haydovchilar ularni doimo ko‘rib turishiga va yo‘l-transport hodisasining oldini olishga doim imkonlari borligiga amin ekanliklarini aytishdi. Ammo bu kabi tasavvur xato bo‘lib, avvalambor piyodaning, uning farzandlarining hayoti uchun xavflidir", - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda 2021-yil 1-maydan 31-mayga qadar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini eslatish tadbirlari o‘tkazilmoqda. tadbir doirasida 1-maydan 11-mayga qadar 4 620 kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi 1 qismi bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
© GUVD Tashkenta"Peshexodniy reyd" v Tashkente
Peshexodniy reyd v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
"Peshexodniy reyd" v Tashkente
Qayd etish joizki, jarimaga tortilgan piyodalardan ko‘pchilik piyodalar o‘tish joyi yaqin bo‘lgan joylarda ham yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini, aks holda ularning salomatliklari va hayotlariga zarar yetishi mumkinligini tushuntirishdi.
© GUVD Tashkenta"Peshexodniy reyd" v Tashkente
Peshexodniy reyd v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
"Peshexodniy reyd" v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0