Hokim o‘rinbosari, soliq inspeksiyasi inspektorlari: mansabdorlar pora bilan ushlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
Yangiqo‘rg‘on tumani xokimi o‘rinbosari, Toshkent shahri Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori, Andijon viloyati Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan qo‘lga tushdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari bir necha mansabdorlarni pora olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.
Namangan viloyatidagi tezkor tadbirda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs 10 ming dollar pora olayotgan vaqtda ushlangan. U xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman xokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u bu pullarni Yangiqo‘rg‘on tumani xokimi o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
DXX Toshkent shahri Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektorini mahalliy MChJ ta’sischisidan 3,5 ming dollar pora olgan vaqtida ushladi. Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu pul evaziga MChJda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini va’da qilgan.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori ham pora bilan qo‘lga tushgan.
U mahalliy fuqaroga tegishli bo‘lgan 33 sotix yer maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bo‘lmasada, 30 mln so‘m qarzi borligini aytgan. Keyin bu qarzdorlikni bartaraf qilib berish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan.
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0