Siyosat

Oʻzbekiston Dominika bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi

© IA "Dunyo"Podpisaniye Sovmestnogo kommyunike ob ustanovlenii diplomaticheskix otnosheniy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Sodrujestvom Dominiki
Podpisaniye Sovmestnogo kommyunike ob ustanovlenii diplomaticheskix otnosheniy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Sodrujestvom Dominiki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Dominika Hamdoʻstligi Oʻzbekiston diplomatik aloqalar oʻrnatgan 137-mamlakat boʻldi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. 14 may kuni Nyu-Yorkda Oʻzbekiston va Dominika Hamdoʻstligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Roberts imzoladi.
Dominika Hamdoʻstligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kvadrat kilometrdan iborat. Aholi soni 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Millatlar Hamdoʻstligi, Karib Hamjamiyati (CARICOM), Karib umumiy bozori va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti aʼzosi hisoblanadi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tuzilmasi doirasida birgalikdagi ishlarni rivojlantirishga boʻlgan qiziqishini tasdiqladi. Oʻzbekiston va Dominika Hamdoʻstligi oʻrtasidagi hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni muntazam davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Dominika Hamdoʻstligi Oʻzbekiston diplomatik aloqalar oʻrnatgan 137-mamlakatga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala