O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaPremyer-ministri Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda
Premyer-ministri Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
Muzokaralar chog‘ida savdo aylanmasini yanada ko‘paytirish, uning hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Adbulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzodalar hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida savdo aylanmasini yanada ko‘paytirish, uning hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi.
“Shu nuqtayi nazardan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, tog‘ - kon va elektrotexnika sanoati, energetika va transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avto va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohalarida qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Sarvar Umurzakov i ministr torgovli Tadjikistana Zavkizoda Zavki Amin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlar uchrashuviga tayyorlanmoqda
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida uning davomida erishilgan muhim kelishuvlar va kelgusi ko‘pqirrali sheriklikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishi 2020-yil 29-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Abdulla Aripov “Tojikiston bilan o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazish imkoniyatiga egamiz” degan edi.
2021 yil 24-aprel kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Tojikistonga amalga oshiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilgan edi.
Abdulla Aripov provel peregovori s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 29 ta yangi hamkorlik shartnomasi ko‘rib chiqilmoqda
Yangiliklar lentasi
0