O‘zbekiston xalq artisti va rejissor Bahodir Yo‘ldoshev vafot etdi

© Press-slujba MinkulturiSkonchalsya narodniy artist Uzbekistana i rejisser Baxodir Yuldashev
Skonchalsya narodniy artist Uzbekistana i rejisser Baxodir Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, rejissor va aktor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Madaniyat vazirligining aniqlik kiritishicha, Bahodir Yo‘ldoshev uzoq davom etgan xastalik tufayli bu yorug‘ olamni tark etgan.
Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. 1970-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan. 1971–1974 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida rejissor, 1974–1984 yillarda bosh rejissor bo‘lib ishlagan.
Ko‘plab spektakllarga rejissorlik qilgan Bahodir Yo‘ldoshev aktor sifatida Olchinbek ("Olovli yo‘llar"), Muxtorov ("Tog‘dagi uchrashuv"), Sherzod ("Olmos kamar"), Sobirov ("Oshpaz") kabi obrazlarni yaratgan.
U o‘zining sermahsul ijodiy faoliyati davomida “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0