Rossiya

Peterburgda ommaviy mushtlashuvdan soʻng olti nafar migrant qoʻlga olindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Sankt-Peterburg shahri Primorsk tumanidagi mushlashuvdan soʻng olti nafar migrant qoʻlga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, mushtlashuv 14 may kuni kechqurun Repishev va Verbnaya koʻchalari chorrahasida roʻy bergan. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritish uchun politsiya boʻlimiga 45 kishi olib kelingan. Oʻsha kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jabrlanuvchi, avtobus bekatida doʻpposlangan 33 yoshli migrant shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Natijada Verbnaya koʻchasidagi uylardan birida politsiya xodimlari Markaziy Osiyodan boʻlgan 6 nafar migrantni qoʻlga olgan. Ular 20-33 yoshlar atrofida. Asosan qurilishda ishlashadi.
Qoʻlga olinganlarga nisbatan Rossiya JKning 213-moddasi 2 qismi bilan (Bezorilik) jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq mahalliy OAVlar Sankt-Peterburgda yuz nafarga yaqin migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv roʻy bergani haqida yozgandi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ularning qoʻllarida dubinka va armatura boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala