Shomurodovning A Seriyadagi ilk dubli, biroq bu “Jenoa” g‘alabasi uchun kamlik qildi

© FK "Djenoa"Forvard FK "Djenoa" Eldor Shomurodov
Forvard FK Djenoa Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
Italiya chempionatida Eldor Shomurodovning dubli "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Italiya A Seriyasi 37-turidan o‘rin olgan "Jenoa"-"Atalanta" uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ilk bor ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushirildi. Hujumchi 48-daqiqada raqib jamoa himoyachilaridan to‘pni olib, o‘yindagi birinchi golini urdi. O‘yin yakuniga 5 daqiqa qolganda Eldor Shomurodov yana bitta golga mualliflik qildi va A Seriyadagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi.
Biroq 7 ta gol urilgan o‘yinda Eldor Shomurodovning dubli uning jamoasi “Jenoa”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Bahs 3-4 hisobida “Atalanta” foydasiga hal bo‘ldi.
Chempionat turnirida “Jenoa” 39 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0