Sport

Tartibsizliklar va kelishilgan oʻyinlar: futbol klublari murabbiylari jiddiy ogohlantirildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaRukovoditel Assotsiatsii futbola Uzbekistana Abdusalom Azizov
Rukovoditel Assotsiatsii futbola Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
OʻFA rahbariyati murabbiylarni kelishilgan oʻyinlar kabi illatlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirdi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) prezidenti Abdusalom Azizov barcha klublar rahbarlari va bosh murabbiylari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
Unda OʻFA rahbariyati har bir jamoada mavjud muammolar tinglagan. Ularni moddiy va tashkiliy masalalarda qoʻllab-quvvatlash mavzusi koʻtarildi.
“Shuningdek, soʻnggi paytlarda chempionatlarda koʻp uchrayotgan tartibsizliklar tanqid qilindi. Murabbiylar kelishilgan oʻyinlar kabi illatlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi”, - deyilgan xabarda.
Klublar vakillari koʻtarilgan muammoli masalalar yuzasidan OʻFA masʼullariga topshiriqlar berildi. Murabbiylar malakasini oshirish, klubda rahbar va murabbiy vakolatlarini tartibga keltirish, yosh futbolchilar yetishtirishga yanada jiddiy eʼtibor qaratish, saviyasiz legionerlar muammosini bartaraf etish, VAR tizimini takomillashtirish hamda stadionlarning yoritish uskunalarini jahon standartlariga moslash kabi masalalarda vazifalar belgilandi.
Bokovoy sudya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Sport
“Soʻgʻdiyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston superligasining 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida tartibsizliklar yuzaga kelib, hakamlar va poytaxt jamoasiga turli buyumlar uloqtirilgan edi. Undan avval esa “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin “Neftchi” futbolchilari va muxlislari hakamlarga hujum qilishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala