Toshkent Botanika bog‘ida kelib chiqqan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Ogon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Toshkent Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yong‘in bugun, 16-may kuni soat 11:55 bog‘ning orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yuzaga kelgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olingan.
Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan. Hozir yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0