Video

Xitoy apparati Marsga muvaffaqiyatli qoʻndi – video

Xitoyning "Chjunchjun" marsoxodi "Tyanven-1" kosmik apparati bilan 15 may kuni ertalab Marsga muvaffaqiyatli qoʻndi.
Kosmik apparat oʻtgan yil iyul oyida Xitoy janubidagi Xaynan orolidan uchirilgan edi. U fevral oyi oxirida Mars orbitasiga kirgan. Shundan soʻng ikki oy davomida qoʻnish uchun mos keladigan joy qidirgan.
Mars Footage 2021: New Video footage of mars surface. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Video
“Marsdan gapiramiz”: Yerga qizil sayyoradan rangli va ovozli video joʻnatildi
Rover faoliyatining rejalashtirilgan umri — Mars kuni boʻyicha 90 kun, bu Yer kunlaridan 2,7 foiz koʻproq. U toʻrtta quyosh batareyasi bilan ishlaydi. Xitoy roverining harakat tezligi soatiga 200 metrga yetadi.
Xitoy sovet ittifoqi va AQShdan soʻng qizil sayyoraga marsoxod qoʻndirgan uchinchi mamlakatga aylandi.
Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Xitoy aerokosmik sanoati vakillarini “Tyanven-1” kosmik apparatining Marsga muvaffaqiyatli qoʻngani bilan qutladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala