Dunyoda

Xitoy TIV Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishini tanqid qildi

© Sputnik / Aleksandr Imedashvili / Fotobankka oʻtishAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan shoshilinch olib chiqib ketilishi mintaqa barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini qayd etdi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishi mintaqa barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I pokistonlik hamkasbi Shah Mahmud Qureshi bilan boʻlgan telefon suhbatida maʼlum qildi.
“Van I Qoʻshma Shtatlarning Afgʻonistondan shoshilinch ketishi ushbu mamlakat ichidagi tinchlik jarayoniga jiddiy taʼsir koʻrsatgani hamda mintaqa barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatganini aytdi. Yuzaga kelgan vaziyatda Xitoy tomoni munosib rolni Birlashgan Millatlar Tashkilot oʻynashini kutmoqda”, - deyilgan Xitoy TIV xabarida.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Analitika
AQSH Afgʻonistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻchirishga umid qilmoqda
Xitoy vaziri afgʻon muammosiga Shanxay hamkorlik tashkiloti koʻproq eʼtibor qaratishi lozimligini bildirgan. Shuningdek, u Pokiston anʼanaviy ravishda afgʻon masalasida muhim taʼsirga ega ekanligini taʼkidlagan. Van I Pekin va Islomobod oʻrtasida Afgʻoniston bilan bogʻliq masalalar boʻyicha strategik muvofiqlikni mustahkamlashga chaqirgan.
Aprel oyida AQSH maʼmuriyati Afgʻoniston Amerika qoʻshinlari olib chiqilishini eʼlon qildi. Bu jarayonni 11 sentyabrga kelib yakunlash rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala