Hodisalar

Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zoʻrlaganlikda gumon qilinmoqda

© SS0 / Unsplash / Volkan OlmezDevushka, illyustrativnoye foto
Devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Andijonda 5 oylik kelinchak dala shiyponida bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlangani aytilmoqda. Hozir jinoiy doirasida olti kishi gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan ayrim tafsilotlarni ochiqladi.
Maʼlum qilinishicha, yosh kelinchak O.O. 13 may kuni 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, shu kuni Andijon tumani Zaripak koʻchasidagi "Qoraqalpoq" mahallasidagi dala shiyponida A. S. va O. M. kuch ishlatgan holda u bilan jinsiy aloqada boʻlganini maʼlum qilgan.
Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa joyni koʻzdan kechirgan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlarini toʻlaligini taʼminlash maqsadida O.O.ga tegishli boʻlgan ayollar koʻylagi va lozimi, roʻmol, jemfer, yuz sochiq, ayollar ichki kiyimlari hamda bir boʻlak oq latta daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jamiyat
Senat termizlik zoʻrlangan oʻquvchi qiz ishini nazoratga oldi
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Jabrlanuvchining tushuntirish xatida bayon qilinishicha, u 13 may kuni turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Zaripak koʻchasi oʻramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shugʻullanish uchun borgan. Soat 16:00 da bir oʻzi chaylada qolgan vaqtida oʻziga tanish boʻlgan A.S. mast holatda kelib, oʻzini va turmush oʻrtogʻini tanishini aytib, ularning uyiga oʻtin olib borganligini maʼlum qiladi. Soʻngra uning egnida boʻlgan koʻylak va lozimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada boʻladi.
Shundan keyin A.S. oʻzining sheriklarini chaqirgan. Ular ham chayla ichiga kirib, jarblanuvchining qoʻllarini ushlab turgan. A.S. esa bir soat vaqt davomida jinsiy jinsiy aloqa qilgan. Shundan keyin O. M. ham chayla ichiga kirib, uni tovuq katagi ichiga olib kirgan. Ayolning qoʻllarini arqon yordamida bogʻlab, 30 daqiqa jinsiy aloqa qilgan.
Besh nafar fuqaro O.M, A.S, A.M., X.J. va B.A. oʻz koʻrsatmalarida 13 may kuni soat taxminan 14:00 larda haqiqatdan ham “Qoraqolpoq” mahallasi Zaripak koʻchasi oʻramida joylashgan dala maydoni tomonga choʻmilish uchun borganlarini bildirishgan. Biroq shu kuni jarblanuvchi O.O.ni koʻrmaganliklarini aytib, u bilan jinsiy aloqada boʻlganliklarini rad etishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Andijon tumanida istiqomat qiluvchi quyidagi olti kishi yuqoridagi jinoyatni sodir etganlkida gumon qilinmoqda:
O.M. (1990 y. t.), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan, haydovchi;
A.S. (1992), mavsumiy ishchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
A.M. (1984), haydovchi, oilali, 3 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
M.J. (1979), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
H.J. (1985), haydovchi, oilali, 4 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
B.A. (1990), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala