Siyosat

Asadov Falastin-Isroil muammosi haqida toʻxtaldi

© AP Photo / Mahmud HamsVVS Izrailya unichtojili vыsotku v Gaze, v kotoroy naxodilis ofisы amerikanskogo informagentstva Associated Press i katarskogo telekanala Al Jazeera
VVS Izrailya unichtojili vыsotku v Gaze, v kotoroy naxodilis ofisы amerikanskogo informagentstva Associated Press i katarskogo telekanala Al Jazeera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Oʻzbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni keskin tus olishidan albatta juda havotirda – Asadov.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun oʻtkazilgan brifingda Sharqiy Quddusdagi vaziyat haqida toʻxtaldi.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni keskin tus olishidan juda havotirda.

Tomonlarni zoʻravonlikka chek qoʻyish, qon toʻkilishini darhol toʻxtatish va bu borada bor imkoniyatlarni safarbar etish kerak deb oʻylaymiz. Bundan tashqari, Al-Aqso masjidi va Quddusdagi qolgan boshqa muqaddas qadamjolarning dahlsizligi - status-kvo boʻlgan holga qaytish kerak va tiklanish kerak, deb bilamiz

Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston
Sherzod Asadov
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi
Asadovga koʻra, Falastin-Isroil muammosi xalqaro meʼyoriy-huquqiy hujjatlar doirasida hal etilishi lozim.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!
"Umuman olganda, Falastin-Isroil muammosi xalqaro meʼyoriy-huquqiy hujjatlar doirasida, xususan BMTning tegishli rezolyutsiyalari va biz koʻp yillardan boʻyon shuni qoʻllab-kelayotgan tamoyil boʻlmish “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida yechilishi kerak deb oʻylaymiz”, - dedi prezident matbuot kotibi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Isroil va Falastinning Gʻazo sektori chegarasidagi vaziyat keskin keskinlashdi. 12 may tongida Xamas harakati Isroil hududiga mingdan ortiq raketa uchirdi. Tel-Aviv Gʻazo sektoriga zarba berishda davom etmoqda.
Shu vaqt ichida Falastinning Gʻazo sektoridan Isroil tomon 3 mingdan ortiq raketa otdi. Isroil esa Gʻazo tomon 1,5 mingdan ortiq raketa otdi.
Isroilda 10 kishi vafot etdi, 50 ga yaqin kishi jiddiy yaralandi. Falastinda 192 kishi halok boʻldi, ulardan 58 nafar bola.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala