Turizm

Frantsiya Oʻzbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi

© Press-slujba Ministerstva turizma i sportaFrantsiya pomojet razvit turisticheskuyu infrastrukturu Uzbekistana
Frantsiya pomojet razvit turisticheskuyu infrastrukturu Uzbekistana
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston-Frantsiya hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha VIII yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv doirasida Frantsiya Gʻaznachiligi bilan Frantsiyaning “Geode-Manie Lives-Compagnie des” kompaniyalari konsortsiumi tomonidan amalga oshirilgan “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” “Alp-Patriarx MVK” qurilish loyihasini amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida kredit jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi. Mazkur dam olish maskanining kontseptsiyasi va iqtisodiy modeli frantsuz “Orex Loisirs”, “Compagnie des Alpes”, “Geode”, “Egis”, “Epode” va “Patriarch” kompaniyalari konsortsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.
Sostoyalos vosmoye zasedaniye Uzbeksko-Frantsuzskoy Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu sotrudnichestvu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Frantsiya hamkorligi: tomonlar nimalarga kelishib oldi
Loyiha umumiy qiymati 480 million dollarni tashkil etib, uning doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan osma koʻpriklar va changʻi yoʻllarini qurish rejalashtirilgan.
Kelgusida turizm maskanlari hududida tuya, echki va asalarichilikni rivojlantirish asosida qoʻshimcha xizmat turlarini ham tashkil etish nazarda tutilgan boʻlib, bunda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun oʻzaro yaqin aloqalarni oʻrnatish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala