Jamiyat

Hafta boshi juda issiq boʻladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishAnomalnaya jara v Tadjikistane
Anomalnaya jara v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi Eron hududidan keladigan yozgi harorat qiymatlariga xos boʻlgan juda issiq havo taʼsirida boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Aksariyat viloyatlarda quruq, asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat respublikaning togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomgʻirlar yogʻadi.
“Kunduz kungi havo harorati 32-35° gacha, janubda va choʻl hududlarida 38° gacha koʻtariladi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 5-8° koʻpdir”, - deyilgan xabarda.
Haftaning oxiriga kelib harorat 27-30° gacha pasayadi, bunday holat Qozogʻiston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan bogʻliq boʻladi.
20-21 may kunlari respublikaning baʼzi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
17-20 may kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida mahalliy yomgʻirlar yogʻishi hisobiga sel kelish xavfi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala