Siyosat

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi – Asadov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning soʻzlariga koʻra, mintaqaning barcha mamlakatlari bilan faol izchil munosabatlar yoʻlga qoʻyilgan.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sputnik muxbirining savoliga javob berayotib maʼlum qildi.
Asadovning soʻzlariga koʻra, mintaqaning barcha mamlakatlari bilan faol izchil munosabatlar yoʻlga qoʻyilgan. Aprel oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga safar qildi. Mart oyi boshlarida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻldi.
Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi
Asadov kuni kecha Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda Toshkentga kelgani va Oʻzbekiston yetakchisi qabulida boʻlganini eslatdi. Qolaversa, muntazam ravishda har hafta Markaziy Osiyo yetakchilari bilan telefon muloqotlari oʻtkazilmoqda.
“Epidemiologik vaziyatga kelib chiqqan holda iyun oyida Tojikistonga tashrif rejalashtirilgan. Boʻlajak tashriflar haqida (Markaziy Osiyo mamlakatlariga – Sputnik.) sizlarni xabardor qilamiz”, - dedi u brifing davomida.
Shuningdek, Asadov boshqa davlatlarga safar qilish qarori pandemiya bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishiga qarab qabul qilinishini qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala