Siyosat

Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bundan tashqari, prezident hafta davomida Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha oʻrinbosari Anna Byerdeni qabul qiladi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor oʻtgan yili 11 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yigʻilishida ishtirok etgan edi. Oʻshanda yigʻilish yakunida YEOIIga aʼzo mamlakatlar yetakchilari Oʻzbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilgan edi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Iqtisod
Savdo, kosmos va turizm: YEOII bosh vazirlari sammiti yakunlari
Aprel oxirida Qozon shahrida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Memorandum doirasida YEOII Iqtisodiy komissiyasi Oʻzbekiston hukumati bilan savdo siyosati, bojxona-texnik nazorati, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlar oboroti, moliya bozori, transport va energetika sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala