Iqtisod

Oʻzbekiston MDHda elektromobil ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi

© SS0 / Unsplash / Obi OnyeadorAvtomobil, illyustrativnoye foto
Avtomobil, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Oʻzbekiston oʻtgan yil dekabrida elektromobillar ishlab chiqarishga oʻtishni rejalashtirayotgani maʼlum qilingan edi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston MDHda hamkorlar bilan elektromobil ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirishga tayyor. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi xabar qilmoqda.
Kuni kecha videokonferentsiya shaklida MDH sanoat siyosati kengashining navbatdagi VII yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston vakillari ishtirok etgan.
Yigʻilishda kun tartibidagi qator masalalar koʻrib chiqilib, muhokama qilingan. Yakunda tegishli qarorlar qabul qilingan.
“Oʻzbekiston tomoni MDHda elektr transport vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini eʼlon qildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, kengash doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan aʼzo davlatlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning kontseptual yoʻnalishlari dasturi loyihasi taqdim etilgan va muhokama qilingan.
Elektromobil Baic Senova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonga oʻtgan yilda 130dan ortiq elektromobil olib kelingan
2020 yil dekabrida mamlakat hukumati "Oʻzavtosanoat" kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga oʻtkazishni rejalashtirayotgani maʼlum qilingan edi. 2021 yil 1 fevralgacha kompaniyaga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish va kontseptsiya loyihasini ishlab chiqish topshirilgan edi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Ular asosan Xitoy (56) va Turkiyadan (24) import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala