Jamiyat

Prezident rejissyor Bahodir Yoʻldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRejisser Baxodыr Yuldashev
Rejisser Baxodыr Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Atoqli rejissyor Bahodir Yoʻldoshev shu yil 16 may kuni 76 yoshida vafot etdi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston sanʼat arbobi, Xalq artisti Bahodir Yoʻldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Oʻzbek Milliy teatr sanʼati va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk va betakror isteʼdod sohibi, atoqli rejissyor Bahodir Yoʻldoshev shu yil 16 may kuni 76 yoshida vafot etdi.
“Xalqimizning buyuk sanʼatkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Tursunovich Yoʻldoshevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Yoʻldoshev 1945 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida sanʼatkorlar oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil oldi.
​Mehnat faoliyatini Oʻzbek davlat akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshladi. Yigirma yetti yoshida ushbu nufuzli teatrga bosh rejissyor va badiiy rahbar etib tayinlandi. Oʻn uch yil davomida jamoada ishchan ijodiy muhit yaratish, teatr repertuarini zamonaviy hamda mumtoz milliy va xorijiy asarlar bilan boyitish, iqtidorli isteʼdod egalarini tarbiyalashga ulkan hissa qoʻshdi.
1984-2004 yillarda Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida samarali faoliyat koʻrsatdi. Keyin oʻzbek rejissyorlik sanʼatida oʻz ijodiy maktabini yaratdi.
Skonchalsya narodnыy artist Uzbekistana i rejisser Baxodir Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston xalq artisti va rejissyor Bahodir Yoʻldoshev vafot etdi
B.Yoʻldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Rayhon Beruniy”, “Ibn Sino”, “Iskandar”, “Nodirabegim”, “Yulduzli tunlar”, “Qora kamar”, “Farmonbibi arazladi”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Maysaraning ishi”, “Checha”, “Arshin mololon” kabi oʻnlab dramatik asarlar millionlab sanʼat muxlislarining qalbidan chuqur joy olib, teatr sanʼatining “oltin fondi”dan oʻrin egalladi. Ushbu asarlarning aksariyat koʻpchiligi chet ellarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.
Ulugʻ sanʼatkor 2009 yilda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. B.Yoʻldoshev oʻzining boy bilim va tajribasi asosida yoshlarga sahna ilmi, rejissyorlik sanʼatining nazariy va amaliy masalalaridan saboq berish maqsadida markaziy telekanallarimiz orqali gʻoyat ibratli “Mahorat darslari”ni oʻtkazib keldi.
Beqiyos xizmatlari uchun u "Oʻzbekiston sanʼat arbobi" hamda "Oʻzbekiston xalq artisti" faxriy unvonlari, "Mehnat shuhrati" , "Fidokorona xizmatlari uchun", "El-yurt hurmati", “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala