Hodisalar

Termizdagi maktabda sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirishga 6 ta yongʻin-qutqaruv guruhi jalb qilindi

© SS0 / Unsplash / Jay HeikePojarnыy, illyustrativnoye foto
Pojarnыy, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Yongʻin natijasida maktab 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zaralangan.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 6-umumtaʼlim maktabida yongʻin sodir boʻldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga koʻra, yongʻin 17 may kuni kelib chiqqan.
Hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 6 ta yongʻin-qutqaruv guruhi soat 10:05da yetib borgan. Soat 10:15 da yongʻin qurshab olingan va soat 10:40 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zaralangan. Yongʻin oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala