Jamiyat

Toshkentda bedarak yoʻqolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Toshkentda bedarak yoʻqolgan Viktoriya Kuznetsova qidirilmoqda.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Toshkentda bedarak yoʻqolgan Viktoriya Kuznetsova qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 1995 yilda tugʻilgan Kuznetsova Viktoriya Sarvarovna joriy yilning 4 may kuni soat taxminan 21.30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaxarchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: boʻyi 165-170 sm, oʻrtacha gavdali, sochi qora uzun.
Egnida: kul rang futbolka, qora jinsi shim, oyogida krossovka boʻlgan.
"Agar siz Kuznetsova Viktoriya haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni soʻraymiz", - deyilgan xabarda.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala