Hindistonda “Tauktae” bo‘roni tufayli halok bo‘lganlar soni ortdi

Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning g‘arbiy sohiliga yopirilgan “Tauktae” kuchli tropik bo‘roni kamida 18 kishini hayotdan olib ketdi. Avvaliga 8 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
The Times of India” gazetasining yozishicha, Maxarashtra shtatida 14 kishi, v Gujaratda esa 4 kishi halok bo‘lgan. Yana 127 kishi bedarak yo‘qolgan.
“Tauktae” bo‘roni hind sohilida o‘tgan dam olish kunlari boshlangan. U 17-may kuni kechqurun avjiga chiqqan. Gujarat shtati hukumati sohil bo‘yidagi hududdan 150 ming kishini evakuatsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0