Iqtisod

Jahon banki Oʻzbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Loyiha doirasida Oʻzbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq kishi suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati va Jahon banki “Oʻzbekistonda suv taʼminoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha moliyaviy va grant bitimlari imzoladi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Imzolash marosimi 14—18 may kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan JBning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan.
Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 239 million dollar imtiyozli kredit, shuningdek, Shveytsariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar boʻyicha 7,8 million dollar granti ajratiladi.
Loyiha doirasida Oʻzbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq kishi suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi. Qoraqalpogʻistonda Nukus, Taxiatosh va Xoʻjayli shaharlarida kanalizatsiya-tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruktsiya qilinadi.
Shuningdek, "Oʻzbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish" loyihasi boʻyicha moliyaviy bitimlar imzolandi. Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 50 million dollar imtiyozli kredit ajratiladi.
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
Jamiyat
Yaponiya Oʻzbekistonga 2ta kredit ajratadi
Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga qodir boʻlgan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va tijoratlashtirish sohasida davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala