Jamiyat

Kovid: aniqlangan holatlar 97 mingdan oshdi, 2 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVrach s patsiyentom
Vrach s patsiyentom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Oʻzbekistonda yana 175 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 068 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Yana 175 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 068 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (1), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (6), Qashqadaryo viloyatida (14), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (20), Fargʻona viloyatida (1), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (10), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Jamiyat
Koronavirus: kunlik holatlar 200 dan ziyod, 2 kishi vafot etdi

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 92 582 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 814 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 672 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 163,4 milliondan oshdi, 3,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (32,9 mln), Hindistonda (25,0 mln), Braziliyada (15,6 mln).
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala