Iqtisod

Milliy standartlar oʻrniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident

© press-slujba prezidenta UzbekistanaVmesto natsionalnыx budut vnedrenы mejdunarodnыe standartы - prezident
Vmesto natsionalnыx budut vnedrenы mejdunarodnыe standartы - prezident - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
YEIning “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda koʻmaklashish kerak, dedi prezident.
TOSHKENT, 18 may – Sputnik. Oʻzbekistonda 2023 yilga qadar xalqaro standartlar bilan uygʻunlashmagan 11 mingdan ortiq standarlar bekor qilinib, oʻrniga xalqaro stanldartlar joriy etiladi. Bu haqida prezident huzurida boʻlib oʻtgan taqdimotda koʻrsatmalar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda 3400 tur mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda.
Shuningdek, import mahsulotlarini turli sinov va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida 60 kungacha vaqt ketmoqda.
Vaholanki, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori boʻlgan mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barcha turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanadi.
Ushbu munosabat bilan xalqaro talablar bilan uygʻunlashmagan qolgan 11 mingta milliy standart oʻrniga xalqaro standartlarni qabul qilish hamda 2023 yildan barcha korxonalarni ushbu standartlarga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, dastlabki bosqichda 800 ga yaqin mahsulot turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanishi belgilandi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.01.2017
Jamiyat
Oʻzbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Buning uchun “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfyumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yoʻlga qoʻyiladi.
Undan tashqari, JST bitimlari normalaridan kelib chiqib, sanitariya va fitosanitariya sohalariga masʼul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala