Milliy standartlar o‘rniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident

© press-slujba prezidenta UzbekistanaVmesto natsionalnix budut vnedreni mejdunarodnie standarti - prezident
Vmesto natsionalnix budut vnedreni mejdunarodnie standarti - prezident - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
YeIning “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashish kerak, dedi prezident.
TOShKENT, 18-may – Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilga qadar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashmagan 11 mingdan ortiq standarlar bekor qilinib, o‘rniga xalqaro stanldartlar joriy etiladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3400 tur mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda.
Shuningdek, import mahsulotlarini turli sinov va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida 60 kungacha vaqt ketmoqda.
Vaholanki, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barcha turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanadi.
Ushbu munosabat bilan xalqaro talablar bilan uyg‘unlashmagan qolgan 11 mingta milliy standart o‘rniga xalqaro standartlarni qabul qilish hamda 2023-yildan barcha korxonalarni ushbu standartlarga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, dastlabki bosqichda 800 ga yaqin mahsulot turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanishi belgilandi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2017
O‘zbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qo‘yildi
Buning uchun “O‘zstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari, JST bitimlari normalaridan kelib chiqib, sanitariya va fitosanitariya sohalariga mas’ul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0