Migratsiya

Oʻzbekiston inson huquqlari delegatsiyasi Moskva Migratsiya markazida boʻldi

© Natsionalnыts tsentr po pravam chelovekaDelegatsiya Uzbekistana po pravam cheloveka vstretilas s rossiyskimi kollegami
Delegatsiya Uzbekistana po pravam cheloveka vstretilas s rossiyskimi kollegami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Delegatsiya aʼzolari Moskva migrantlarni vaqtincha saqlash markazi va Saxarovo qishlogʻida joylashgan Moskva Migratsiya markazida boʻldilar.
TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahriga keldi.
Bu yerda Oʻzbekiston delegatsiya vakillari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maslahatchisi, Rossiya Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev hamda Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova bilan uchrashdilar.
Muloqotlarda migrantlar huquqlarini taʼminlash, ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvadagi migrantlarni vaqtincha saqlash markazi, shuningdek Saxarovo qishlogʻida joylashgan "Moskva koʻpfunktsiyali migratsiya markazi"da ham boʻldilar.
Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari va Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova rahbarligidagi Ombudsman ofisi xodimlari bor. Ular ushbu tashrif doirasida "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari" mavzusidagi Oʻzbekiston – Rossiya forumida ham ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala