Iqtisod

Oʻzbekistonda elektromobillarni sotib olish va olib kirish uchun yigʻim bekor qilinishi mumkin

© AP Photo / Michel EulerElektromobil Citroen e-C4 vo vremya prezentatsii dlya SMI v Parije
Elektromobil Citroen e-C4 vo vremya prezentatsii dlya SMI v Parije - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Yangi qonun elektromobillarni sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻim toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutyapti.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. 18 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda kontseptual jihatdan qabul qildi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻim toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.
Avvalroq Oʻzbekiston MDHda hamkorlar bilan elektromobil ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirgani xabar qilingan edi.
Kompaniya Tesla predstavila novыe modeli elektromobiley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Jamiyat
Elektromobillar alohida raqam olishlari mumkin
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Ular uchun 1,8 million dollar sarflangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala