Iqtisod

Qozogʻiston va Oʻzbekiston umumiy turistik viza joriy etishni yakunlamoqda - Abduhakimov

Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Eslatib oʻtamiz, Silk Road Visa tashabbusi ilk bor Qozogʻiston tomonidan 2018 yilda bildirilgan edi.
TOSHKENT, 18 may – Sputnik. Qozogʻiston va Oʻzbekiston Silk Road Visa - koʻp martali turistik viza joriy etishning barcha texnik masalalarini hal qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovga asosan.
“Silk Road Visaning kuchga kirish sanasini ikki tomonlama komissiya hal qiladi. Ayni damda barcha texnik masalalar hal qilingan, yakuniy qaror arafasida turibmiz. Davlat ichki muvofiqlashtirish jarayonlaridan oʻtishimiz kerak”, - dedi Abduhakimov.
Vazir aytishiga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun maxsus portal ishlaydi. U yerda xorijiy fuqarolar ariza qoldiradi. Ularga javob 48 soat ichida keladi.
“Bugun bizning loyihamizga yana bir necha davlatlar qoʻshilish istagini bildirishgan. Xususar Qirgʻiziston juda faol harakat qilmoqda, Ozarbayjon bilan ham ishlanmalar bor. Keyinchalik loyihaga Tojikiston, Mongoliya va qator Kavkaz Respublikalari ham qoʻshilishi mumkin. Muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi Abduhakimov.
Eslatib oʻtamiz, Silk Road Visa tashabbusi ilk bor Qozogʻiston tomonidan 2018 yilda bildirilgan edi. Oʻshanda Qozogʻiston rahbariyati oʻz hududiga faqatgina turistik obʼyektlarga boy boʻlgan Oʻzbekiston bilan birgalikda turistlar oqimini jalb qilishi mumkinligini taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala