Rossiya

Rossiyada xorijlik talabalar hayoti yengillashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Vaqtinchalik yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilayotgan xorijlik talabalar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishlarini tasdiqlashlari shart boʻlmaydi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Rossiya ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi IIVning mamlakatda xorijlik talabalarning boʻlib turishini soddalashtiradigan qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda vazirlik rahbari oʻrinbosari Pyotr Kucherenko maʼlum qildi.
“Haqiqatdan ham ular (IIV – tahr.) bizga kiritgan tuzatishlarni, biz ularni qoʻllab-quvvatladik. Muvofiqlashtirish uchun yubordik va oʻylaymizki, IIV bu farmon loyihasini kiritadi”, - dedi Kucherenko. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Amaldorning soʻzlariga koʻra, kuchli raqobat sharoitida Rossiya raqobatga bardosh bera oladigan taʼlim shakllari va qoʻllab-quvvatlash choralarini taklif etmogʻi darkor.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
“Kommersantʼ” gazetasining yozishicha, 17 may kuni xorijlik talabalarning Rossiyada boʻlib turishini soddalashtiradigan hujjatni qonun loyihalari faoliyati boʻyicha hukumat komissiyasi maʼqullagan. Hujjat bilan xorijlik talabalarga vaqtinchalik yashash guvohnomasini alohida tartibda butun taʼlim davomi va keyingi 180 kunga berishni taklif qilinmoqda.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2020
Kolumnistlar
Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashi osonlashdi - yangi qonun
Vaqtinchalik yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilayotgan xorijlik talabalar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishlarini tasdiqlashlari shart boʻlmaydi. Shuningdek, har yili istiqomati haqida xabarnoma joʻnatishlariga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, ularga oʻqishni tugatgandan soʻng uch yil mobaynida soddalashtirilgan tarzda Rossiyada yashash guvohnomasini olish huquqini berish taklif qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala