Rossiyada xorijlik talabalar hayoti yengillashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilayotgan xorijlik talabalar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishlarini tasdiqlashlari shart bo‘lmaydi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi IIVning mamlakatda xorijlik talabalarning bo‘lib turishini soddalashtiradigan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda vazirlik rahbari o‘rinbosari Potr Kucherenko ma’lum qildi.
“Haqiqatdan ham ular (IIV – tahr.) bizga kiritgan tuzatishlarni, biz ularni qo‘llab-quvvatladik. Muvofiqlashtirish uchun yubordik va o‘ylaymizki, IIV bu farmon loyihasini kiritadi”, - dedi Kucherenko. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, kuchli raqobat sharoitida Rossiya raqobatga bardosh bera oladigan ta’lim shakllari va qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif etmog‘i darkor.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>
“Kommersant’” gazetasining yozishicha, 17-may kuni xorijlik talabalarning Rossiyada bo‘lib turishini soddalashtiradigan hujjatni qonun loyihalari faoliyati bo‘yicha hukumat komissiyasi ma’qullagan. Hujjat bilan xorijlik talabalarga vaqtinchalik yashash guvohnomasini alohida tartibda butun ta’lim davomi va keyingi 180 kunga berishni taklif qilinmoqda.
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2020
Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashi osonlashdi - yangi qonun
Vaqtinchalik yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilayotgan xorijlik talabalar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishlarini tasdiqlashlari shart bo‘lmaydi. Shuningdek, har yili istiqomati haqida xabarnoma jo‘natishlariga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, ularga o‘qishni tugatgandan so‘ng uch yil mobaynida soddalashtirilgan tarzda Rossiyada yashash guvohnomasini olish huquqini berish taklif qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0