Turizm

Rossiyaliklarning Oʻzbekistonga sayohat qilishlariga ikki omil toʻsqinlik qilmoqda – ekspert

© Sputnik / Utarbekov / Fotobankka oʻtishMedrese i minaret Islam Xodja
Medrese i minaret Islam Xodja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Rossiyalik sayyohlar Oʻzbekistonga sayohat qilishni rejalashtirishmoqda, ammo yaqin vaqt ichida emas.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning joriy yil yoz mavsumida Oʻzbekistonga sayohat qilishlariga reyslar soni va chiptalar narxi xalal bermoqda. Bu haqda Rossiya turoperatorlari birlashmasi (ATOR) ijro etuvchi direktori Mayya Lomidze “Rossiya segodnya” matbuot markazidagi onlayn konferentsiyada maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, rossiyalik sayyohlar Oʻzbekistonga sayohat qilishni rejalashtirishmoqda, ammo yaqin vaqt ichida emas. Respublikada dam olishga boʻlgan talabni ikkita omil kamaytirmoqda.

“Bu mamlakatga boʻlgan qiziqish katta. Hamma ham xavfsiz ekzotikani xohlaydi, lekin hozirgi Oʻzbekistonga boʻlgan reyslar soni va chiptalar narxi bu yoʻnalishdagi istiqbolni toʻxtatib qoʻymoqda”, - deya tushuntirdi Lomidze.

Medrese Kukeldash i mechet Xodja Axrar Vali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Turizm
Oʻzbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Rossiyalik ekspertning taʼkidlashicha, chiptalar narxi arzonroq boʻlganda, Oʻzbekiston 2021 yil yoz mavsumida turizm sohasida muvaffaqiyatga erishgan boʻlardi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala