Jamiyat

Soʻrov: 10 foizdan ziyod fuqaro oilada er xotiniga kuch ishlatishi mumkin deb hisoblaydi

CC0 / Unsplash / gbarkz / Siluet jenщinы
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Sotsiologik tadqiqot oʻzbekistonliklarning har oʻndan biri oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblashini koʻrsatdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazdi.
Tadqiqotlar telefon soʻrovi usuli yordamida oʻtkazilgan va unda respublikaning barcha hududlarida, shahar va qishloq joylarida yashovchi 18 va undan katta yoshdagi fuqarolar, turli soha va tarmoqlarda band boʻlgan turli ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirok etishdi.
Marufova Gulnora Maxmudovna, pervыy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2020
Analitika
Oiladagi zoʻravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
Soʻrov natijalari koʻrsatganidek, uning ishtirokchilarining aksariyati er tomonidan xotinga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblashadi.
Biroq oʻzbekistonliklarning jamoatchilik fikrida xavotirli tendentsiya ham kuzatiladi: 10,3% respondentlar ayrim hollarda kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar. Respondentlar ushbu qismining fikriga koʻra, ayol oʻz xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda jismoniy zoʻravonlik holatiga yoʻl qoʻyish mumkin.
Respondentlarning fikricha, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish (23,5%), oʻzaro tushunmovchilik (22,1%) va moddiy qiyinchiliklar (20,6%) ayolga nisbatan jismoniy zoʻravonlik namoyon boʻlishining sabablari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala