Iqtisod

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi oshdi

© Press-slujba prezidenta RTVыstavka selxozproduktsii v Sogdiyskoy oblasti
Vыstavka selxozproduktsii v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Zavkizoda Oʻzbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri ekanligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi rahbari Zavki Zavkizoda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning 8-yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Zavkizoda Oʻzbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri deb aytdi.
Premyer-ministrы Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Vazirning soʻzlariga koʻra, 2021 yilning birinchi choragida davlatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 104 million dollardan oshdi. Bu koʻrsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 23,1 million dollarga koʻp.
Muzokaralar davomida tomonlar asosiy eʼtiborni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarga qaratishga kelishib oldilar, shuningdek, Tojikistonning erkin iqtisodiy zonalarida qoʻshma korxonalar qurishni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida vazirlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala