Hodisalar

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari mahalla raisini haqoratlab, kuch ishlatdi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentPervыy zamxokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov
Pervыy zamxokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyatidagi mahallalardan birining raisini haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonovning Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qilgani va jismoniy kuch ishlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati bu holat haqiqatdan ham roʻy berganini tasdiqladi.
Maʼlum qilinishicha, Rahmonov bu xatti-harakatlarni "Usta Normat" mahallasi raisi Alisher Ikromovga nisbatan sodir etgan.
Vazirlik voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Alisher Ikromov bilan bogʻlanib, dastlabki maʼlumotlarni olgan.
Uning maʼlum qilishiga koʻra, 9 may kuni hokim oʻrinbosari uni yuqorida koʻrsatilgan mahalla hududida joylashgan otasining uyiga chaqirgan.
Rahmonov mahalla raisini bu yerda turli nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilgan, hatto unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Bunga Ikromovning xizmat vazifasiga aloqador boʻlmagan, umuman boshqa bir masalaning bajarilmaganligi sabab qilib koʻrsatilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri nazoratiga olingan hamda vazirlik Ishchi guruhi tomonidan voqea tafsilotlari batafsil oʻrganilmoqda.
Baxtiyor Rahmonov shu yil yanvar oyida Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha u Olmazor, undan oldinroq esa Sergeli hokimi boʻlgan. 2011−2016 yillarda u poytaxt hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala