Iqtisod

Tovar-xom ashyo birjasida paxta yogʻi narxi 12,4 foizga pasaydi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Fotobankka oʻtishMaslo
Maslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Oʻtgan uch kun mobaynida barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16,825 million soʻmdan 14,739 million soʻmgacha pasaygan.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻtgan haftada Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasida paxta yogʻi narxi 12,4 foizga pasaydi.
Birja maʼlumotlariga koʻra, 10—12 may kunlari birja savdolari orqali 1462 tonna paxta yogʻi sotilgan.
Oʻtgan uch kun mobaynida barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16,825 million soʻmdan 14,739 million soʻmgacha, yaʼni 12,4 foizga pasaygan.
Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Iqtisod
Prezident aholining yogʻ va goʻshtga boʻlgan talabini qondirish boʻyicha koʻrsatma berdi
Paxta yogʻining birjadagi narxlarini pasayishiga mos tarzda texnik paxta chigiti va paxta yogʻining boshlangʻich narxlarini sotuvchi-korxonalar tomonidan pasaytirilgani oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazgan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
Koʻrib chiqilayotgan davrda paxta yogʻining boshlangʻich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun oʻrtacha 15,375 million soʻmdan 14,158 million soʻmgacha, yaʼni 8 foizga pasaygan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala